Menu
Your Cart

«Kichkintoy ensiklopediyasi»

«Kichkintoy ensiklopediyasi»
йўқ

«Kichkintoy ensiklopediyasi»

Hurmatli otalar va onalar, buvalar va buvilar!
   Siz, albatta, farzandingiz aqlli, qiziquvchan va zukko bo’lishini istaysiz. Sizning oldingizda oson bo’lmagan ammo qiziqarli masala turibdi – farzandingizni atroftadi olam bilan tanishtirish. Bolajonlar ko’plab savollar berishadi va biz ularni savollariga javob topib yordam bersak xursand bo’lamiz. “Kichkintoy ensiklopediyasi” sahifalari turfa olamning sirlari va topishmoqlariga boy. Farzandingiz bilan kitobni o’qiganingizda siz qiziqarli kosmik sayohatni boshdan kechirasiz, issiq qumlar va muzli sahrolarni tomosha qilasiz shaxar va qishloq ko’chalarini kezasiz, sirk va hayvonot bog’iga tashrif buyurasiz, hattoki o’z uyingizda ham mehmon bo’lasiz.
   Sizning sodiq yo’ldoshlaringiz plastilinli mitti odamlar bo’lishadi va ular sizni ensiklopediyamiz sahifalari sari bilim olamiga yetaklashadi.
Kitobimiz ko’plab ajoyib rasmlarga boy, ularni bolajoningiz bilan tomosha qilib kemadan – teatrga, metrodan-tropik changalzorga ko’chib, sayr qilishingiz mumkin.

Qadrli bolajon!
   Oldinda Siz uchun birinchi ensiklopediya bo’lib qoladigan kitob. U Sizni qamrab turgan olam: olis yulduzlar, shahar va qishloqlar, mashinalar va samolyotlar, o’rmonlar va sahrolar, o’simliklar va hayvonlar, haqida hikoya qilib beradi. Uning qahramonlari bilan Siz bilimlar mamlakatiga ilk sayohatingni amalga oshirasiz.

Kitob haqida qisqa so’z
   Ilk kitoblar bir umr yodimizda qoladi. «Kichkintoy ensiklopediyasi» - bu qiziqarli matnlar, chiroyli rasmlar, alomat qahramonlarini o’z ichiga oladi. Uning mazmunini ruhshunoslar tomonidan ma’qullangan. Kichkintoylar kitobni o’zlari yoki ota-onalari bilan birgalikda o’qishlari mumkin. Ular kitobdan atrof-muhit to’g’risida ko’plab yangi va qiziqarli narsalarni bilib olishadi. Ishonamizki, kitob har bir xonodonning va har bir oilaning do’sti va yordamchisidir.

                                                                                                                                                                 
Muallif: Tolstikova Margarita Alekseevna
Nomi: «Kichkintoy ensiklopediyasi»
Nashriyot: «DAVR» Nashriyoti
Sana: 2012
Hajmi: 127 bet
ISBN: 978-9943-401-62-4
O‘lchami: 60×90/8

MUNDARIJA
Bizning sayyora
Boshqa sayyoralar oilasida
Olisdan nazar
Tog’lar va tekisliklar
Daryolar va dengizlar
Muzli sahrolar
Shunday turfa o’rmonlar
Qaynoq qumlar uzra
Tropik changalzorlar
Yil fasllari
Yer boyliklari
Sening olaming
Mamlakatlar va xalqlar
Poytaxtlar
Shahar
Qishloq
Turli uylar
Sirk
Teatr
Hayvonot bog’i
Attraksionlar
Shahar yordamchilari
Yo’l harakati qoidalari
Sening sayohating
Kemalar
Poyezdlar
Samolyot va vertolyotlar
Avtomobillar: yengil va yuk avtomobillari
Shahar transportlari
Metro
O’zimiz harakatlanamiz
Bizning mehmonimiz
Televizor, radio va telefon
Maishiy tehnika
Idish va mebel
Kitoblar va o’yinchoqlar
Ovqat
Kiyim
Zavqli hordiq
Rassomlik va haykaltaroshlik
Musiqa asboblari
Yozgi o’yinlar
Qish kuni ko’chada
O’yinlar
Bayramlar
Uyda tayyorlanadigan qo’l buyumlar
Sportzal
Asboblar
Yosh moda ishqibozlari (olifta xonimlar)
Bizning qo’shnilarimiz
O’simliklar nima?
Hayvonlar nima?
Butalar va daraxtlar
Gullar va reza mevalar
Qo’ziqorinlar
Hasharotlar
Sudralib yuruvchilar, suvda ham quruqlikda yashovchilar
Qushlar
Baliqlar
Sut emizuvchilar
Uy hayvonlari va parrandalri
Tabiat muhofazasi

 

 

Тавсия ёзиш

Изоҳ: HTML is not translated!
Ёмон Яхши
«Kichkintoy ensiklopediyasi»
12,000 сўм
  • Stock: йўқ
  • Код: 0182
  • Вазни: 0.20кг
  • ISBN: 9789943401624
Сотилган сони: 6
Кўрилган сони: 27768
Сайтимиз ишлашини яхшилаш учун биз cookie-файллардан ва шунга ўхшаш бошқа технологиялардан фойдаланамиз. Талаб ва шартлар.