Menu
Your Cart

«Baqirmaydigan bolalar»

«Baqirmaydigan bolalar»

«Baqirmaydigan bolalar»
(Sokin va sezgir farzandlar tarbiyalash yo`riqnomasi)

Onalik maqomi..... Ona bo'lish bu tabiat tuhfasi bo'lgan biologik bir jarayondir. Agar sog'ligimizda biror muammo boʻlmasa, albatta ona bo'la olamiz. Lekin "ona boʻlish” bilan "onalik qilish" bir-biridan farq qiladi. Onalik vazifani ado etish uchun tabiiy jarayonning o'zi yetarli boʻla olmaydi. Bu vazifa onadan ruhiy va jismoniy kuchga hamda ko'plab muammolarni hal qila olish ko'nikmalariga ega bo'lishni talab qiladi. Bu vazifani bajarayotgan ona farzandini anglashga yordam beradigan "til”ni ham egallashi lozim bo'ladi. Sinovlardan muvaffaqiyatli o'tishning yo'llarini o'rganishda esa, onalik sayohatimizning kichik muallimlarini yaxshilab tinglashimiz kerak.

Uyimizda chaqaloq yig‘isini eshitishimiz bilan quvonchimiz ichimizga sigʻmaydi, ammo Ona maqomi mas'uliyatli ekanligini kunlar oʻtishi bilan anglab boramiz. Oramizda turli tushunmovchiliklar, sababsiz yigʻilar, itoatsizliklar, oʻziga ishonchning sustligi, uyga vazifalarga e'tiborsizliklar yoki internet olamiga qaramlik kabi muammolar qarshisida chorasiz qolamiz va "najot farishtasi”ni qidiramiz. Qoʻlingizdagi ushbu kitob esa sizga muammolar yechimini topishingizga imkon beradi. Unda siz farzandingizni voyaga yetkazishning samarali usullari hamda baxtli va xotirjam ona-bola munosabatini qurish yoʻllari bilan tanishasiz. Bu istagingizga erishishingizda sizga zafarlar va yoqimli mutolaa tilab qolamiz.


Muallif: 
Xadicha Kubro Tongar
Tarjimonlar: Nizomov Xusayin, Asqarova Sabina
Nashriyot: «Iqro-nashr»
Hajmi: 224 bet
Sana: 2021 yil
Bichimi: 84×108 1/32
ISBN: 978-9943-7524-4-3
Muqovasi: yumshoq

Тавсия ёзиш

Изоҳ: HTML is not translated!
Ёмон Яхши
«Baqirmaydigan bolalar»
40,000 сўм
  • Stock: Мавжуд
  • Код: 3301
  • Вазни: 0.25кг
  • ISBN: 9789943752443
Сотилган сони: 50
Кўрилган сони: 17463
Сайтимиз ишлашини яхшилаш учун биз cookie-файллардан ва шунга ўхшаш бошқа технологиялардан фойдаланамиз. Талаб ва шартлар.