Bugun «Hilol Nashr» nashriyotining majlislar zalida shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining qalamlariga mansub «Zakot, sadaqalar, nazrlar va kafforatlar»kitoblarining taqdimoti boʻlib oʻtdi.

Taqdimotga Muhammad Ayyub Homidov, Mansur Aliy ustozlar tashrif buyurishdi. Tadbir davomida Hazratimiz har hafta shogirdlari bilan boʻladigan uchrashuvlari, taqdimoti boʻlayotgan kitob ham ana shu uchrashuvlarda oʻqib chiqilgani, kitobning mazmun-mohiyati, zakot beradigan har bir inson ushbu kitobni oʻqib chiqishi zarurligi haqida kerakli maʼlumotlarni berildi.

Shuningdek, taqdimotga Zakotim.uz loyihasi asoschisi, Islom moliyasi boʻyicha mutaxassis Muzaffar Husniddinov ham tashrif buyurdilar va taqdimoti bo'layotgan kitob haqida, uning xalqimiz va aynan Islom moliyasi sohasida faoliyat yuritayotganlar uchun ham juda kerakli kitob ekanligini taʼkidlab oʻtdilar.