«Ahmad amakining saboqlari» (kiril va lotin alifbosida)

«Ahmad amakining saboqlari» (kiril va lotin alifbosida)

«Ahmad amakining saboqlari»

(kiril va lotin alifbosida)

Ushbu kitobcha bolalarni axloq-odobli, ilm oʻrganishga ragʻbatli, yomon illatlardan qochuvchi qilib tarbiyalashga xizmat qiladi. Shuningdek, muallif oʻz risolasida halollik, poklik, ota-onaga qanday ehtiromda boʻlish va islomiy qadriyatlar haqida ham yoshlar dunyoqarashiga mos ma'lumotlar beradi.


AHMAD AMAKINING BOLAJONLARGA MAKTUBI

Bismillahir rohmanir rohiym.
Assalomu alaykum, aziz bolajonlarim , ko'zimning oq-u qarolari! Sizlar koʻpgina kitoblarni o'qib chiqqansiz, ulardan odobli, yaxshi bola boʻlish uchun nimalar qilish kerakligini o'rgangansiz. Bugun siz qoʻlingizga olgan ushbu «Ahmad amakining saboqlari» kitobchasi sizlarga judayam zarur kitob. Undagi saboqlar hozir ham, kelajakda ham hayotingizda koʻp marta kerak bo'ladi.
Bu saboqlar sizlarga qanday yashash lozimligini o'rgatadi. Bilmagan, eshitmagan narsalaringiz bilan tanishtiradi. Yaxshilik nimaligini tushuntirib, yaxshilik qilishga chorlaydi. Yomonlik nimaligini bildirib, yomon ishlardan qaytaradi.
Shuning uchun ularni erinmay, qunt bilan, diqqat bilan oʻqib chiqing! Tushunmay qolgan joylaringizni kattalardan soʻrab oling. O'qiganlaringizning ma'nosini anglab, eslab qolishga harakat qiling! Oʻzingiz toʻla tanishib chiqqandan soʻng kitobchani aka-ukalaringizga, opa-singillaringizga, do'st va qarindoshlaringizga ham o'qigani berib turing! Shunday qilsangiz, savobga (Xudoning mukofotiga) sazovor bo'lasiz, xoʻpmi? Sizlarni qattiq yaxshi koʻruvchi Ahmad amakingiz.

Muallif:
 Ahmad Muhammad Tursun
Nomi: «Ahmad amakining saboqlari»
Nashriyot: «Hilol» nashriyot-matbaasi
Sana: 2019-yil
Hajmi: 112 bet
O‘lchami: 84x108 1/32
ISBN: 978-9943-5476-2-9
Muqovasi: yumshoq


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo'yicha qo'mitaning 2018 yil 30-noyabrdagi 6518-raqamli xulosasi asosida chop etildi.

Тавсия ёзиш

Изоҳ: HTML is not translated!
    Ёмон           Яхши

  • Кўрганлар сони: 2981
  • Маҳсулот коди: KH238
  • Сотувда: Мавжуд
53  дона онлайн сотилган
  • 12,000 сўм

HILOL NASHR