Menu
Your Cart

«Avtomobillar»

«Avtomobillar»
йўқ
«Avtomobillar»
(Mening birinchi ensiklopediyam)

«Avtomobillar» nomoli kichik qomus inson qo'li bilan yaratilgan ajoyib mo'jiza - avtomobillar haqida ma'lumot beradi.

KIRISH

Avtomobil kundalik hayotimizda bizning eng yaqin yordamchimizdir. Uning yordamiga suyanar ekanmiz, uni yaqindan bilishimiz, har bir qismini, qanday ishlashini yaxshiroq bilishimiz kerak bo'ladi. Ushbu kitob yordamida insoniyatning texnologiya davriga qay yo'sinda o'tishi, ilk avtomobillarning ishlab chiqarilishi, avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniyalarning monopollashishi va raqobatlashishi, mashinalarning yangidan yangi namunalari dunyo bozorlarini qay tarzda egallashi kabi jarayonlarni bilib olishingiz mumkin. Har bir mavzu ostida avtomobillar xususiyatini ochib beruvchi ma'lum turdagi ma'lumotlar keltiriladi. Masalan, «Otsiz ekipajlar qanday vujudga kelgan?» mavzusi ostida mashinalarning ilk ajdodi ekipajlarning avtomobil holatiga qay tarzda o'tganligi, uning ixtirochilari kimligi haqida aytib o'tiladi. «Meni asra- o'zingni ehtiyot qil» rukni ostida esa, mashinaga o'rnatilgan, haydovchi va yo'lovchilar xavfsizligini ta'minlaydigan qo'shimcha jihozlar haqida batafsil ma'lumot beriladi. Kitobda avtomobillarga bo'g'liq har qanday yangilik, o'rnatilgan qo'shimcha jihozlar va qulayliklar tadrijiylik asosida berib boriladi. Mazkur

jihatni avtomobil ishlab chiqarish bosqichlarini berib bo'lgandan soʻnggina mashinalarning dizayni, qulayliklari, did va vaziyatga qarab qilingan takliflar, nihoyat, mashinalar ishtirokida bo'lib o'tadigan poygalar xususida aytib o'tilganidan ham ko'rish mumkin. Har bir sahifada, siz aziz o'quvchining, tasavvurlarini tiniqlashtirish uchun mashina va u bilan bo'g'liq ko'plab rasmlar berib boriladi. Bularning barchasi siz uchun, sizning bilimlaringiz oshishi uchun qilinmoqda. Zero, sizning yordamchingiz bo'lgan avtomobillar haqida ko'proq bilish Aziz kitobxon! Qo'lingizdagi ushbu kitobni o'zingizga do'st tuting. sizga foydadan xoli emas. Shundaymasmi?

Nashriyot: «O'zbekiston milliy ensiklopediyasi»
Sana: 2019-yil
Hajmi: 80 bet
ISBN: 978-9943-07-714-0
Bichimi: 84×108 1/16
Muqovasi: yumshoq

Тавсия ёзиш

Изоҳ: HTML is not translated!
Ёмон Яхши
«Avtomobillar»
17,000 сўм
  • Stock: йўқ
  • Код: 3507
  • Вазни: 0.30кг
  • ISBN: 9789943077140
Сотилган сони: 0
Кўрилган сони: 11925
Сайтимиз ишлашини яхшилаш учун биз cookie-файллардан ва шунга ўхшаш бошқа технологиялардан фойдаланамиз. Талаб ва шартлар.