Menu
Your Cart

«Baliqlar olamiga sayohat»

«Baliqlar olamiga sayohat»
йўқ
«Baliqlar olamiga sayohat»
(Mening birinchi ensiklopediyam)

Aziz do‘stim! Suvosti saltanatining sirli olamiga xush kelibsiz. Bu yerda siz turfa xil baliqlar, delfin, akula, kit va boshqa dengiz mavjudotlari bilan yaqindan tanishishingiz mumkin. Shuningdek, suvosti dunyosi bilan bog‘liq ko‘plab qiziqarli maʼlumotlarni bilib olasiz.


KIRISH
Ilm ummoni cheksiz bir olamdir. Unda tabiatning turfa xil mo'jizalari o'z sir asrorlarini bizdan yashirin saqlamoqda. Biz ularni o'rganganimiz sari yangidan yangi sir-sinoatlarga duch kelaveramiz. Zero, ilm tuganmas xazinadir. Qo'lingizdagi ushbu kitob suvosti olamining turfa ajoyibotlarini sizga qiziqarli tarzda hikoya qiladi. Siz unda eng mitti baliqlardan tortib bahaybat kitlargacha bo'lgan har xil mavjudotlarning yashash tarzi, o'ziga xos jihatlari, ko'payish yo'llari haqidagi ma'lumotlar bilan tanishasiz. Ehtimol, xayolingizda baliqlar olamini o'rganish fikri jonlangandir. Biroz shoshmang, kichik do'stim. Hozir suv ostiga xos barcha bilimlarni toʻliq va puxta egallang. Zero, baliqlar ichida «dengiz hukmdorlari» nomini olgan shunday mavjudotlar borki, ular inson hayoti uchun ham jiddiygina xavf soladi. Siz baliq turlarini bir-biridan ajratib, ularni yaxshigina tanib oling. Bu kelajakda yetuk akvalang bo'lib yetishishingizda katta yordam beradi. Kitob so'ngida baliqlarning mini olami akvarium va okeanariumlar haqida ham qiziq ma'lumotlarni bilib olasiz. Unda dunyoning eng ajoyib akvariumlari deb tan olingan okeanariumlar haqida so'z boradi. Har bir ma'lumot rangli tasvirlar asosida yanada aniqroq tushuntiriladi. Tasvirlarda suvosti olamining jonli hayotini ko'rishingiz mumkin. Ushbu kitobdagi har bir ma'lumot, tasvir sizning baliqlar haqidagi bilimingizni o'stirish uchun xizmat qiladi. Ularni o'rganish barobarida uyingizda kichkina akvariumchada baliqlarning mini olamini yaratishingiz mumkin.

Nashriyot: «O'zbekiston milliy ensiklopediyasi»
Sana: 2019-yil
Hajmi: 96 bet
ISBN: 978-9943-07-673-0
Bichimi: 84×108 1/16
Muqovasi: yumshoq

Тавсия ёзиш

Изоҳ: HTML is not translated!
Ёмон Яхши
«Baliqlar olamiga sayohat»
16,500 сўм
  • Stock: йўқ
  • Код: 3346
  • Вазни: 0.25кг
  • ISBN: 9789943076730
Сотилган сони: 2
Кўрилган сони: 12543
Сайтимиз ишлашини яхшилаш учун биз cookie-файллардан ва шунга ўхшаш бошқа технологиялардан фойдаланамиз. Талаб ва шартлар.