Menu
Your Cart

«Mukammal ko'rgazmali tajvid»

«Mukammal ko'rgazmali tajvid»
«Mukammal ko'rgazmali tajvid»
«Mukammal ko'rgazmali tajvid»
«Mukammal ko'rgazmali tajvid»

«Mukammal ko'rgazmali tajvid»

QUR'ONI KARIM TILOVATINING FAZILATI

Janob Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: "Insonlar ichida Allohning xos bandalari bor”, dedilar. "Ular kimlar?” deb so'rashdi. U zot: "Qur'on ahli - Allohning ahli va xos bandalaridir”, deb javob berdilar.
Hazrati Anas roziyallohu anhudan Imom Nasoiy, Imom Ibn Moja va Imom Hokim rivoyat qilganlar.

*

Janob Rasululloh sollalohu alayhi va sallam aytdilar: “Qur'on Allohga Syer-u osmonlar va undagi (barcha narsalar)dan sevimliroqdir".
Hazrati Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilindi.

*

“Ummatimning sharaflilari Qur'onni (yodlab) olib yuruvchilar va kechasi qoim bo'luvchilardir”.
Hazrati Ibn Abbos roziyallohu anhumodan Imom Tabaroniy va Imom Bayhaqiy rivoyat qilganlar.

*

“Qur'on boylikdir, undan so'ng faqirlik yoʻq, undan boshqa boylik ham yoʻq".
Hazrati Abu Hurayra roziyallohu anhudan Imom Abu Ya'lo va Imom Tabaroniy rivoyat qilganlar.

*

“Besh narsa ibodatdandir: Mus'hafga nazar solish, Ka'baga nazar solish, ota-onaga nazar solish, zamzamga nazar solish - bu xatolarni o'chiradi - va olimning yuziga nazar solish”.
Hazrati Jobir roziyallohu anhudan Imom Doraqutniy rivoyat qilganlar.

*

"Eng yaxshilaringiz Qur'onni o'rganib, uni o'rgatganingizdir”.
Imom Buxoriy, “Al-jome' as-sahih”, “Qur'on fazilatlari" kitobi.

*

"Yo Ali, Qur'onni oʻrganib, uni oʻrgatgin. Shunda vafot qilsang, insonlar xuddi Allohning Baytini tavof qilganlari kabi, farishtalar qabring atrofini tavof qiladi”.
Hazrati Ali roziyallohu anhudan Imom Abu Nuaym rivoyat qilganlar.


Mas'ul muharrir: Shayx Abdulaziz Mansur
Nashriyot: «G'afur G'ulom»
Hajmi: 160 bet
Sana: 2021-yil
ISBN: 978-9943-7001-8-5
O'lchami: 70/100 1/16 
Muqovasi: qattiq

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo'yicha qo'mitaning 4488-sonli xulosasi asosida tayyorlandi. 


Тавсия ёзиш

Изоҳ: HTML is not translated!
Ёмон Яхши
«Mukammal ko'rgazmali tajvid»
30,000 сўм
  • Stock: Мавжуд
  • Код: 3734
  • Вазни: 0.30кг
  • ISBN: 9789943700185
Сотилган сони: 71
Кўрилган сони: 16370
Сайтимиз ишлашини яхшилаш учун биз cookie-файллардан ва шунга ўхшаш бошқа технологиялардан фойдаланамиз. Талаб ва шартлар.