Menu
Your Cart

«O'yin-o'yin, o'yinim» (topishmoqlar, boshqotirmalar, krossvordlar, jumboqlar)

«O'yin-o'yin, o'yinim» (topishmoqlar, boshqotirmalar, krossvordlar, jumboqlar)
«O'yin-o'yin, o'yinim» (topishmoqlar, boshqotirmalar, krossvordlar, jumboqlar)
йўқ

Agar farzandingizning aqlli va zukko, topqir va tadbirli bo'lishini istasangiz, bu kitob aynan Siz uchun. Chunki unda o'zbek xalq topishmoqlarining vaqt sinovidan o'tgan, eng sara namunalari jamlangan. Bir-biridan qiziq jumboqlardan iborat kitob kichkintoyga ajoyib sovg'a boʻladi.

Aziz kitobxon!
«O'yin-o'yin, oʻyinim - ochar koʻngil tugunim», - deyiladi bir o'zbek aytimida. Aslida, xalq topishmoqlari aslo ermak emas, ular vaqt o'tkazish uchungina o'ylab topilmagan. Zakiy xalqimiz axborot asrida shu tarzda bolalarning idrokini o'stirgan. Beruniy, Xorazmiy, Farobiy kabi olimlarni, Amir Temur, Bobur kabi sarkardalarni, Navoiy, Ogahiy kabi shoirlarni topishmoqlar aytib tarbiyalagan. Ammo aynan zarur payt millatimizning asriy ildizlaridan uzoqlashganimiz, qaysidir ma'noda uzilganimiz ham bor gap. E'tiboringizga havola etilayotgan mazkur kitobda xalq og'zaki ijodining eng sara namunalari jamlangan. Topishmoqlar biroz noan'anaviy tarzda berilib, javoblari o'ziga xos bezaklar, sirli rasmlar vositasida taqdim etilmoqda. Kitobni farzandlaringiz bilan birgalikda mutolaa qiling. Ularga jumboqlarni yechishda ko'maklashing va ajdodlarimizning beqiyos aqliy va ijodiy fantaziyasi mahsulidan bahra oling.

Nashrga tayyorlovchi: Elbek Erkin
Nashriyot: «Akademnashr»
Sanа: 2022-yil
Hajmi: 96 bet
ISBN: 978-9943-5930-7-7
O'lchami: 84x108 1/32
Muqovasi: yumshoq

Тавсия ёзиш

Изоҳ: HTML is not translated!
Ёмон Яхши
«O'yin-o'yin, o'yinim» (topishmoqlar, boshqotirmalar, krossvordlar, jumboqlar)
8,500 сўм
  • Stock: йўқ
  • Код: 3710
  • Вазни: 0.12кг
  • ISBN: 9789943593077
Сотилган сони: 0
Кўрилган сони: 6121
Сайтимиз ишлашини яхшилаш учун биз cookie-файллардан ва шунга ўхшаш бошқа технологиялардан фойдаланамиз. Талаб ва шартлар.