Menu
Your Cart

«Istiqlol jallodlari»

«Istiqlol jallodlari»
йўқ

«Istiqlol jallodlari»
(Tarixiy-badiiy asar)

Bugun yurtimizning tarixini qayta o'rganish va qayta baholash zarurati ko'ndalang turibdi. Biz aziz bilgan, qiyofalarini toshlarga, marmarlarga ko'chirgan avliyolarimiz izzat-e'tibor saltanatidan sharmanda bo'lib qulamoqdalar. Yo'lboshchi - KPSSning davlat tepasiga kelishidan bugungi kunigacha bo'lgan faoliyati ellar va yurtlarning manfaatiga zid kechganligi tobora oydin bo'lmoqda. 1917-yilning oktyabrida Turkistonda mustamlakachi chor Rossiyasini almashtirgan rus inqilobiy demokratiyasi hokimiyat tepasiga chiqqach, undan reaksion. ish tutgani hozirda ma'lum. Buni inqilobchilarning oʻzlari ham yashirmaganlar. Bular, shubhasiz, tariximizni, xususan, so'nggi sovet davrini boshqatdan ko'rib chiqishni shart qilib qoʻyadi... Bugungi avlod asl haqiqatni bilmog'i shart. U, birinchi navbatda, tarbiya uchun kerak. Mustafo Cho'qay o'g'lining ushbu xotiralari shu jihatdan alohida ahamiyatga ega. Unda mustaqillik uchun otalarimiz olib borgan murosasiz kurashning armonlari, alam-iztiroblari hikoya qilinadi. Undagi ko'p nuqtalar bugungi kun bilan g'oyat ohangdosh, binobarin, ibratlidir. Ikkinchidan, Mustafo Cho'qay o'g'li Turkistondagi 1917-yil qonli voqealarining oddiy ishtirokchisi emas, balki markazida turgan birodarlarimizdan. Nihoyat, u o'z davrining ma'rifatparvarlaridan edi. Arab, fors kabi sharq tillari qatorida rus, fransuz, ingliz, nemis, polyak, tillarini mukammal bilgan. U 1890-yilning 17-yanvarida Sirdaryo bo'yidagi qadim Oqmasjid (Perovsk)da (hozirda Qizil Urda)ning aslzoda qipchoq oilasida tug'ilgan. Ona tomoni Xiva xonlari sulolasidan. Boshlang'ich ma'lumotni Oqmasjidda, o'rta ta'limni Toshkentda rus gimnaziyasida olgan. 1914-yilda Peterburg universiteti huquqshunoslik fakultetini a'lo bahoga tugatgan. 1917-yil fevral inqilobiga qadar Peterburgda Dumadagi musulmon fraksiyasining Turkiston masalalari bo'yicha kotibi bo'lib ishlagan. 1917-yil aprelda Orenburgga keladi, umumqozoq qurultoyida Turkiston nomidan ishtirok etadi. So'ng Munavvar qori va uning sheriklari bilan birga Toshkentga qaytadi, 1917-1918-yillarda o'lka hayotida yuz bergan barcha voqealarda faol qatnashadi. 1917-yilning aprelidan "Ulug' Turkiston"gazetasini, yo'lga qo'yadi, iyunda "Birlik tug'i"ni chiqara boshlaydi. "Sho'royi islomiya" tashabbusi bilan tuzilgan Turkiston musulmonlarining O'lka Soveti - Milliy markazining raisligiga saylanadi. Ushbu sovet Turkistonning siyosiy-madaniy jihatdan o'z-o'zini boshqarishni ko'zda tutar edi. Oktabr to'ntarishidan so'ng Turkistonni qo'lga olgan eser bolsheviklar "musulmonlarning hokimiyatga ishtiroki"ni "imkonsiz" topganda, Qo'qondagi Turkiston Muxtoriyatining asoschilaridan boʻldi. Dastlab, rais muovini va xorijiya noziri, rais bo'lib ishladi. Muxtoriyat 1918-yilning boshida Toshkent Soveti tomonidan qonga botirilgach, Mustafo Cho'qay o'g'li bosmachilarga qo'shildi. 1919-yilda esa mustaqillik e'lon qilgan Gurjistonga bordi va siyosiy faoliyatini davom ettirdi. 1920-yilda u yerda ham sovetlar hokimiyati oʻrnatilgach, Turkiyaga, undan Berlinga oʻtadi. "Yangi Turkiston", "Yosh Turkiston" singari jurnallar majmualar tashkil qiladi. 1940-yilda Parijda uni nemis qoʻshinlari qamoqqa olib, lagerga jo'natadilar. Ko'p o'tmay, ozod qilinadi va 1941-yilning dekabrida Berlinda vafot etadi. Mustafo Cho'qay o'g'lining ushbu xotiralari dastlab "Yosh Turkiston" majmuasida 1937-yilda Berlinda "1917-yil, Xotira parchalari" nomi bilan bosilgan. 1988-yilda prof. Saodatxonim Isoqiy uni Anqarada chop ettirdi. 1989-yilda esa u Olmoniyada rus imlosida nashr etildi. Ushbu nashr shu asosda tayyorlangan. Biz kitob mohiyatidan kelib chiqqan holda uni"Istiqlol jallodlari" deb nomladik hamda eng zarur izohlar va juz'iy imloviy tuzatishlar bilan cheklandik. Turkistondagi bolsheviklar tuzumining murosasiz muxolifi, umrining katta qismi muhojirlikda kechgan fidoyi vatandoshimizning armon va alamga to'la 1917-yil haqidagi xotiralari, o'ylaymizki, hech bir yurtdoshimizni befarq qoldirmaydi.

BEGALI QOSIMOV, professor

MuallifMustafo Cho'qay o'g'li

Nashriyot: «Tirilish»
Hajmi: 96 bet
Sana: 2022-yil
O'lchami: 84×108 1/32
ISBN: 978-9943-8217-8-1
Muqovasi: yumshoq

Тавсия ёзиш

Изоҳ: HTML is not translated!
Ёмон Яхши
«Istiqlol jallodlari»
18,000 сўм
  • Stock: йўқ
  • Код: 3750
  • Вазни: 0.15кг
  • ISBN: 9789943088511
Сотилган сони: 9
Кўрилган сони: 5952
Сайтимиз ишлашини яхшилаш учун биз cookie-файллардан ва шунга ўхшаш бошқа технологиялардан фойдаланамиз. Талаб ва шартлар.