Menu
Your Cart

«Xamsa» (yumshoq muqova)

«Xamsa» (yumshoq muqova)
«Xamsa» (yumshoq muqova)

     Mazkur kitobda Alisher Navoiy “Xamsa”sidagi barcha dostonlarning mazmuni bayon qilingan. Ularda shoir tomonidan tasvirlangan turli voqea-hodisalar aks ettirilgan, faqat kirish qismlari, meʼyoridan choʻzilib ketgan manzaralar, monologlar bir oz qisqartirilgan. Ushbu Navoiy dostonlarining nasriy talqini alloma shoirimizning turkiy sheʼriyatning gultoji hisoblanmish “Xamsa” sheʼriy dostonlarini anglab olishingizga yordam beradi, deb oʻylaymiz.

Muallif: Alisher Navoiy
Nashrga tayyorlovchi: H. Hojiahmedov
Nashriyot: “Yangi asr avlodi”
Sana: 2019-yil
Hajmi: 496 bet
ISBN: 978-9943-20-411-9
Oʻlchami: 84x108 1/32
Muqovasi: yumshoq

MUNDARIJA

Buyuk badiiy obida
Navoiy oʻz “Xamsa”sining yaratilish tarixi haqida
Hayrat ul-Abror
Farhod va Shirin
Layli va Majnun
Sabʼai Sayyor
Saddi Iskandariy
Navoiy oʻz “Xamsa”sining tugallanishi haqida

Alisher Navoiy
    Gʻazal mulkining sultoni, oʻzbek adabiy tilining asoschisi. 1441 yil 9 fsvralda Hirotda tugʻilgan. Zamondoshlari u haqida koʻpincha “Nizomiddin Mir Alisher” deb yozadilar. “Nizomiddin” - din, diyonat nizomi degani boʻlib, donishmand mansab egalariga beriladigan sifat, “mir” - amir demakdir.

     Alisher avval Sabzavorda, soʻng Mashhadda yashadi. Bir munosabat bilan u 50 ming bayt, 100 ming misra sheʼr yod olganini aytadi. 15 yoshlarida oʻz sheʼrlari bilan zamonasining mashhur shoirlari eʼtiboriga tushadi.

     1472 - 1476 yillarda birinchi devoni - “Badoye ul-bidoya” (“Badiiylik ibtidosi”), 1485 - 1486 yillarda ikkinchi devoni “Navodir un-nihoya” (“Nihoyasiz nodirliklar”) maydonga keladi. 1481 -1482 yillarda esa “Vaqfiya” asarini yozadi.

    Buyuk mutafakkir 1483 - 1485 yillarda turkiy tilda birinchi marotaba 54 ming misralik ulkan obida - “Xamsa” asarini yozib tugatadi.

    Navoiyning 1492 - 1498 yillarda tartib qilingan 4 qism devondan iborat ulkan “Xazoyin ul-maoniy” (“Maʼnolay xazinasi”) sheʼriy kulliyoti shoirning turkiy tilda yozilgan deyarli barcha lirik sheʼrlarini oʻz ichiga qamrab olgan. Shoir 7 - 8 yoshidan 20 yoshigacha boʻlgan davrni umrining navbahori deb hisobladi va shu davr devonini “Gʻaroyib us-sigʻar” (“Yoshlik gʻaroyibotlari”) deb atadi.
     Alisher Navoiy 1501 yilda vafot etadi.

Тавсия ёзиш

Изоҳ: HTML is not translated!
Ёмон Яхши
«Xamsa» (yumshoq muqova)
22 000 сўм
  • Stock: Мавжуд
  • Код: 1137
  • Вазни: 0.20кг
  • ISBN: 9789943204119
Сотилган сони: 6
Кўрилган сони: 14517
Сайтимиз ишлашини яхшилаш учун биз cookie-файллардан ва шунга ўхшаш бошқа технологиялардан фойдаланамиз. Талаб ва шартлар.