Нақд пул билан қандай харид қилиш мумкин?

Жойлаштирди Demo 29/01/2019 1 Изоҳлар

   Эндиликда «Hilol-Nashr» нашриётининг kitoblardunyosi.uz онлайн савдо дўкони ҳамда www.e-hilolnashr.uz веб-саҳифаси ва дастурларидан китобларни PAYNET орқали нақд пул билан ҳам харид қилиш мумкин. Бунинг учун сиз тўлов қилишда PAYNET тўлов турини танлашингиз ва сизга берилган буюртма рақамини PAYNET шахобчаси ходимига айтиб, «hilolnashr.uz хизматлари» учун тўлов қилмоқчи эканингизни айтасиз.

   Эслатма: агар электрон китоб учун тўлов қилмоқчи бўлсангиз, PAYNET шахобчаси ходимига «e-hilolnashr.uz хизматлари» учун, деб айтишингиз керак.

1 Изоҳлар

Zebiniso:
16/08/2019, 09:06:03 PM, www.e-hilolnashr.uz
Жавоб йўллаш

Assalomu alaykum.Alloh qilayotgan barcha xayrli ishlaringizni qabul qilsin.Sizlardan sõramoqchi bõlganim Hilol nashr filiallari bilan boğliq edi.Biz Qashqadaryo viloyatida yashaymiz.Nashrdan chiqayotgan kitoblarni aynan boshqa viloyatdagi filiallardan olishga kõpchilikning sharoiti tõğri kelmaydi.Bundan tashqari kõpchilik telegramdagi kanallaringizdan ham xabardor emas.Õtgan safar ham Mus'hafi Shariflar sotilib ketganidan bexabar qolib ketganlar juda kõp.Qashqadaryo viloyatida ham Hilol nashr filiali ochishingizni sõramoqchi edim.Mus'hafi sharif sotib olmoqchi bõlganlar qolaversa shayx xazratlarining kitoblarini sotib olmoqchi bõlganlar uchun juda katta yengillik va yaxshilik qilgan bõlardingiz.Viloyatimizda ushbu kitoblarni sotib olish uchun mõljallangan kutubxona borligini bilmayman.Iltimos agar imkoniyatlaringiz bõlsa bizning viloyatda ham xayrlar eshigini oching...

Фикр билдириш