Bugun «Hilol-Nashr» nashriyotining majlislar zalida «Kitobxonlik maktabi» loyihasining navbatdagi soni oʻtkazildi. Unda yosh ijodkor Gʻiyosiddin Yusufning  «Moʻminlarning onalari haqida savol-javoblar» nomli kitoblari taqdimoti boʻlib oʻtdi.

Suhbat koʻtarinki ruhda oʻtdi. Zalni toʻldirib yuborgan kitobxonlar bilan mazmunli suhbatlar, savol-javoblar oʻtkazildi. Mehmon bo'lib tashrif buyurgan Doniyor Nasriddinov (http://t.me/doniyor_nasriddinov) loyiha va bugungi taqdimot haqida oʻzlarining fikrlari bilan boʻlishdilar.

Taqdimot soʻnggida Gʻiyosiddin Yusuf hamda Doniyor Nasriddinov ilm yoʻlida qilayotgan xolis va samimiy xizmatlari uchun «Hilol-Nashr» nashriyoti tomonidan taqdirlandilar.

Uchrashuvdan soʻng kitob muallifi, mehmonlar bilan nashriyotimiz bosmaxonasiga tashrif uyushtirildi. Tahrir va nashr ishlari, kitobning qanday qilib kitob holiga kelishi haqida bosmaxona rahbari Jahongir Abdusamadov tomonidan maʼlumotlar berildi