«Zaif hadisga amal qilishning hukmi» kitobi taqdimoti boʻlib oʻtdi

«Hilol-Nashr» nashriyotida shayx Muhammad Avvoma hazratlarining qalamlariga mansub «Zaif hadisga amal qilishning hukmi» (https://kitoblardunyosi.uz/zaif-hadisga-amal-qilish-hukmi) kitobining taqdimoti boʻlib oʻtdi.

Taqdimotga kitob tarjimoni Nodirbek Hidirov, Muhammad Ali Muhammad Yusuf, Muhammadxon Jangirov, Anvar Ahmad, Zufarjon Shosalimov domlalar tashrif buyurib, taqdimoti boʻlayotgan kitob, kitobning muallifi haqlarida, shuningdek, zaif hadis tushunchasi va unga amal qilish haqidagi fikrlari bilan oʻrtoqlashdilar.

Eslatib oʻtamiz, ushbu kitob «Hilol-Nashr» nashriyotining doʻkonlarida sotuvda mavjud. Shuningdek, onlayn sahifalarimiz orqali ham kitobga buyurtma hilolnashruzbot berishingiz mumkin. Kitob asosan tolibi ilmlarga, hadis ilmi bilan shugʻullanadigan ahli ilmlar uchun moʻljallangan.

Taqdimotni tomosha qiling