«Hilol Nashr» Turkiya markazi

Turkiyaning Istanbul shahrida «Hilol-Nashr» nashriyotining markazi ishga tushdi. Ushbu markaz shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining ilmiy merosini Turkiyada yashovchi vatandoshlarimizga va barcha musulmonlarga yetkazish maqsadida tashkil qilindi.

Markazda 35 mingga yaqin kitob, ularning orasida shayx hazratlari va boshqa mualliflarning 130 dan ortiq asarlari bor. Ushbu kitoblarni markazimiz orqali deyarli Toshkentdagi narxlarda xarid qilishingiz mumkin.

Turkiyadagi vatandoshlarimiz, kitobxonlarimiz uchun ushbu markazning ishga tushirilishi oʻz ona tilimizda kitoblarni mutolaa qilishlari, shayx hazratlarning boy ilmiy meroslaridan foydalanishlari, dinimizni yanada teranroq oʻrganishlariga yaqindan yordamchi boʻladi, deb umid qilamiz

Kelgusida markazda shayx hazratlarining kitoblarini turk tilida chop qilish ham rejalashtirilgan.

Markazimiz Istanbul shahri, Fatih, Ali Qushchi mahallasi, Darushshafaka koʻchasida, Fotih masjidi yonida joylashgan.


Bog'lanish uchun:
+905070782777
+905070722777
+902125328600

Ish vaqti: Har kuni 09.00 dan 20.00 gacha
Vebsahifa: hilol.com.tr
Telegram manzili: @hilolturkiya