«Isrof» kitobi qirgʻiz tilida nashr qilindi!


Qirgʻiz kitobxonlari uchun navbatdagi yangilik! Bundan oldin «Hadis va Hayot»ning 13-juzi va «Ixtiloflar: sabablar, yechimlar» kitoblari qirgʻiz tiliga tarjima qilinib, kitobxonlarni xursand qilgan edi. Bugun esa shayx hazratlarining yana bir kitoblari — «Isrof» qirgʻiz tiliga tarjima qilindi!


Kitob oʻz nomi bilan isrof haqida boʻlib, unda isrofgarchilikning dunyo va oxiratdagi zararlari haqida soʻz yuritiladi. Risolada hayotning barcha jabhalarida, jumladan, yeb-ichish, kiyinish, elektr energiya, gaz, suvlardan foydalanish va hattoki vaqtni behuda oʻtkazishda ham isrof boʻlishi haqida soʻz boradi, undan saqlanish, hech bir ishda isrofga, haddan oshishga yoʻl qoʻymaslikka targʻib qilinadi.


Qirgʻiz kitobxonlar yangi kitobni «Hilol Nashr» nashriyotining Oʻsh shahridagi hamkor doʻkonidan xarid qilishlari mumkin.


Oʻshdagi doʻkon manzili:

Qirgʻiziston Respublikasi, Oʻsh shahri, Gapar Aytiev koʻchasi.

Moʻljal: «Sulaymon togʻ» masjidi

Telefon: +996555788030