«Mahorat maktabi»ning ilk bitiruvchilari!

«Grand Taʼlim» hamda «Hilol Nashr» nashriyoti tomonidan tashkil qilinayotgan tarjima va tahrirga oid «Mahorat maktabi» darslarining dastlabki mashgʻulotlari yakunlanib, lik bitiruvchilarga sertifikat taqdim qilindi.

Darslarni filologiya fanlari doktori Bahodir Karim hamda filologiya fanlari nomzodi Abdugʻafur Iskandar soʻz qoʻllash odobi, talqin va taqriz mavzularida olib bordilar.

Tinglovchilar sertifikatlarni professor Bahodir Karim ustozimizdan qabul qilib olishdi.

Eslatib oʻtamiz, «Mahorat maktabi» darslari davom etadi. Sizda oʻzbek tili mutaxassislari, mohir muharrirlar, yetarli tajribaga ega boʻlgan professor-oʻqituvchilar va tarjimonlarning nazariy va amaliy bilimlaridan bahramand boʻlish imkoniyati bor.



    

    


Marhamat, quyidagi raqam va havolalar orqali roʻyxatdan oʻtishingiz mumkin.

Roʻyxatdan oʻtish uchun: 1321 (Grand ta'lim)

Qoʻshimcha maʼlumot uchun: +998712175999 (Hilol Nashr)