«Hilol Nashr» nashriyotida "Mahorat maktabi" loyihasining ilk soni bo'lib o'tdi

 

«Hilol Nashr» tahririyati va «Grand ta'lim» maskani qoshida ochilgan tarjima va tahrir sohasiga oid «Mahorat maktabi»da siz oʻzbek tili mutaxassislari, mohir muharrirlar, yetarli tajribaga ega boʻlgan professor-oʻqituvchilar va tarjimonlarning nazariy va amaliy bilimlaridan bahramand boʻlishingiz mumkin.

Mazkur suhbatning ilk sonini 25 yildan ortiq tahrir ishida faoliyat koʻrsatib kelayotgan ustoz, «Muharrir» nashriyoti rahbari, filologiya fanlari nomzodi Abdugʻafur Iskandar ochiq dars koʻrinishida boshlab berdilar. 

Unda boshqalardan goʻzallikda, maftunkorlikda hech qolishmaydigan oʻzbek tilining oʻziga xos xususiyatlari, oʻziga xos kayfiyati haqida suhbatlashamiz, tilimizu yuragimizda uning «taʼmi»ni tuyishga urinib koʻrildi.

Ma'lumot uchun, navbatdagi mahorat kurslarimiz Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti professor-oʻqituvchisi, oʻnlab kitoblar muallifi, filologiya fanlari doktori Bahodir Karim ishtirokida boʻladi. 10 ta umumiy darsdan iborat boʻlgan silsilaviy kurslarimiz haftada bir kun, besh hafta mobaynida davom etadi. Kursni bitirganlarga maxsus sertifikat beriladi.

 

Jami kurs uchun toʻlov miqdori: 750 000 soʻm.


Roʻyxatdan oʻtish uchun: 1321 (Grand taʼlim)

Qoʻshimcha maʼlumot uchun: +998712175999 (Hilol Nashr)

Ilk suhbatni tomosha qiling: https://www.youtube.com/live/ocq3_heVNIw?si=bIU4T1Vwa8Y4b9OS