«Kitobxonlik maktabi»       

«Yaratgan Robbing nomi bilan oʻqi» (Alaq surasi, 1-oyat)
«Hilol-Nashr» nashriyotidan navbatdagi yangilik! Endilikda haftada bir kun nashriyotimiz bosh doʻkoniga kelib oʻqigan kitobingiz boʻyicha fikr almashishingiz, kitob va kitobxonlik haqidagi suhbatlarni tinglashingiz mumkin.
Ushbu maktabni Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan jurnalist, «Maʼnaviyat fidoyisi» nishondori, yozuvchi Erkin Malik olib boradilar.
Yaqinda «Hilol-Nashr» nashriyotining bosh doʻkoni qoshida bepul kutubxona xizmati yoʻlga qoʻyilgan edi. Unga koʻra oʻzingiz yoqtirgan kitoblarni maʼlum muddatga uyga olib ketib bepul oʻqishingiz mumkin. Yangi boshlanayotgan ushbu «Kitobxonlik maktabi» loyihasi ham bepul kutubxona loyihamizning uzviy davomidir.
Ilk suhbat joriy yilning 3-fevral sanasida boʻlib oʻtadi. Suhbat rejasi bilan tanishing:
10.00 - «Kitobxonlik maktabi» loyihasining ochilishi
11.00 - Kitobxonlik haqida suhbat
14.00 - Kitobxonlik haqida suhbat (takroriy)
16.00 - Xotima. Savol-javoblar
Manzilimiz: Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Soʻgalli ota koʻchasi 5-uy.
Moʻljal: «Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf» masjidi
Telefon: 
Ish vaqti: 09.00 – 18.00
Manzil (xarita)
Marhamat, bosh doʻkonimizga tashrif buyuring, xalqimiz orasida kitobxonlikni yanada yoyilishiga sababchi boʻling.