Avval xabar berganimizdek, «Hilol-Nashr» nashriyoti 7-xalqaro Istanbul noshirlar hamkorlik dasturida ishtirok etdi. Dasturda dunyoning 72 ta mamlakatidan 555 ta nashriyot uylari, noshirlar uyushmalari va boshqa tashkilotlar qatnashdi.
Shuni alohida ta'kidlash lozimki, shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining qalamlariga mansub «Iymon» kitobi ilk bor turk tiliga tarjima qilindi. Kitobni Turkiyaning «Kayihan» nashriyotida chop etish bo'yicha birlamchi kelishuvga erishildi.
Keyinchalik «Ijtimoiy odoblar», «Baxtiyor oila» kitoblari, shuningdek, «Tafsiri Hilol», «Hadis va hayot» toʻplamlarini ham turk tilida chop qilish borasida turk nashriyotlari bilan muzokaralar olib borildi. Inshaalloh, ushbu kitoblar ham nashr qilinib turk kitobxonlariga manzur va manfaatli boʻladi deb umid qilamiz.