«Odoblar xazinasi» asari eng yaxshi diniy-maʼrifiy kitob!


Xabaringiz bor, 18-23-aprel kunlari «Kitobsevar millat» shiori ostidagi II Respublika «Kitobxonlik haftaligi» oʻtkazildi (https://t.me/HilolNashr/9435). Ushbu koʻrgazmada «Hilol Nashr» nashriyoti ham qatnashdi.


Quvonarlisi, ko'rgazmda nashriyotimiz tomonidan chop qilingan, shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining qalamlariga mansub «Odoblar xazinasi» (https://kitoblardunyosi.uz/odoblar-hazinasi-tuplami) asarlari «Eng yaxshi diniy-maʼrifiy kitob» nominatsiyasi bo'yicha oliy oʻrinni qoʻlga kiritdi.


Bugun Milliy matbuot markazida gʻoliblarni taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. Mukofotni «Hilol-Nashr» nashriyotining bosh muharriri Yorqinjon Haydarov qabul qilib oldilar.