Menu
Your Cart

«Asmoi Husno»

«Asmoi Husno»
«Asmoi Husno»
йўқ
«Asmoi Husno»
«Asmoi Husno»

«Asmoi husno»

Alloh taolo Qurʼoni karimda “Allohning goʻzal ismlari bor. U Zotga oʻsha (ism)lar ila duo qilinglar!” degan (Aʼrof surasi, 180-oyat).

Allohning goʻzal ismlari va oliy sifatlari haqidagi ilm asl ilmlardan boʻlib, biz U Zotni oʻsha ismu sifatlar orqali taniymiz.

Aslida Allohning ismlari koʻp boʻlib, Qurʼoni karim va sahih hadislarda ularning yuzdan ortigʻi zikr qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ulardan toʻqson toʻqqiztasini “ihso” (bir rivoyatda “hifz”) qilgan kishiga jannat bashoratini berganlar:

“Albatta, Allohning toʻqson toʻqqizta – bir kam yuzta ismi bor boʻlib, kim ularni “ihso” (“hifz”) qilsa*, jannatga kiradi. Zero, U Zot toqdir, toqni yaxshi koʻradi” (Buxoriy va Muslim rivoyati).

* Ibn Hajar Asqaloniy, Badriddin Ayniy, Navaviy, Munoviy, Suyutiy, Qozi Iyoz, Bagʻaviy, Ibn Javziy, Qurtubiy, Ibn Asir Jazariy, Mulla Ali Qori, Ibn Obidin va Xozin kabi jumhur ulamolar hadisdagi “ihso (hifz) qilsa” degan jumlani “iymon-eʼtiqod, ixlos-muhabbat va hurmat bilan oʻqisa, zikr qilsa, yod olsa, ular bilan duo qilsa hamda maʼnolarini toʻgʻri anglab, tadabbur qilib, ularning taqozosiga koʻra amal qilsa, haqlariga rioya etsa” deb sharhlashgan.

Muallif: Abdul Azim Ziyouddin
Nomi: «Asmoi husno»
Nashriyot: «Hilol Nashr» 
Sana: 2022-yil
O'lcham: А2+
Qog'ozi: qalin qog'ozli, laminatsiya qilingan, sarlavhasiga zar bosilgan

Ustoz Abdul Azim Ziyouddin domla tarafidan tayyorlangan plakatni “Hilol nashr” doʻkonlaridan xarid qilishingiz mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning 4733-sonli xulosasi asosida nashrga tayyorlandi.


Тавсия ёзиш

Изоҳ: HTML is not translated!
Ёмон Яхши
«Asmoi Husno»
18,000 сўм
  • Stock: йўқ
  • Код: 2106
  • Вазни: 0.27кг
Сотилган сони: 211
Кўрилган сони: 76396
Сайтимиз ишлашини яхшилаш учун биз cookie-файллардан ва шунга ўхшаш бошқа технологиялардан фойдаланамиз. Талаб ва шартлар.