Menu
Your Cart

«Amir Temur sulolasi»

«Amir Temur sulolasi»

«Amir Temur sulolasi»

Jahonshumul fotihlar, ulug' sulola va saltanatga asos solgan hukmdorlar shaxsiyati, oilaviy madaniyati, farzandlari, nabiralari, kelinlari, qarindosh-urug'lari, quda-andalari, xullas, turmush tarzi, hayot yo'li hamishа ulkan qiziqishlar boisi bo'lib keladi.

Sohibqiron Amir Temur va uning Markaziy Osiyo, Xuroson, Eron va Hindistonda besh asrga yaqin hukm surgan sulolasi benazir katta xonadonni tashkil etadi. Shajaraning bardavomligi bevosita davlat ahamiyatiga molik bo'lgan oilaviy tarbiyaga bog'liqligi, o'zlikni, shа'nni, or-nomusni saqlash xalqimizda uzoq asrlar davomida sayqal topgan milliy mentalitet, urf-odatlar, udumlar bag'rida yetilganligi, ravnaq topganligi Sohibqiron tamal toshini qo'ygan toj-u taxt vorislari hayot yo'li misolida keng ko'lamda tadqiq etildi. Mavjud tadqiqotlarda doimo siyosat talqini soyasida qolib kelgan Amir Temur va Temuriylar oilasi, ularning fe'l-atvori, tabiati, shijoati, sifatlari, surat va siyratlari, boshqaruv qobiliyatlari, ayrichа fazilatlari, qusur va zaif jihatlari tarixiy manbalar vositasida oldingi marrada yoritildi, inkishof etildi. Asar shu jihati bilan e'tiborga loyiqdir.

Muallif:
 Poyon Ravshanov
Nashriyot: «Yoshlar matbuoti»
Sana: 2023 yil
Hajmi: 592 bet
O‘lchami: 84x108/32
ISBN: 978-9943-27-328-3
Muqovasi: qattiq

Mundarija

Oila tarixidan

Oilaning tamal toshi

Oila: Toʻrt ustunlik va toʻrt fazilat uygʻunligi

Muhammad taragʻay xonadoni

Qutlugʻ turkon ogʻo oilasi

Shirinbeka ogʻo oilasi

Amir Temurning oilaviy hayoti

Sohibqiron harami

Katta malika

Malikalar

«Loy jangi» gʻolibining qizi

Malika tumon ogʻo qissasi

Soʻnggi malika

Umarshayx Mirzo avlodi

Kechikkan toʻy yoxud birinchi valiahd

Ikkinchi valiahd

Uchinchi valiahd

Shahzodalar ham yigʻlaydilar

Kelinlar xonzodasi

Amironshoh Mirzoni koʻrgan ajnabiy

Ortdan otilgan tuhmat toshi

«Asl maqsad nomusu nomni saqlashdir»
Malikalar kushandasi
Sohibqirondan soʻng
Muqarrar xorlik
Xaloskor

Turon, Eron va Xuroson chorrahalarida
Qoʻshaloq toʻylar, qudalar
Oʻtlar orasidan yoʻl topib
Ofiyat va taraqqiyot
Otadan oʻtgan bagʻrikenglik

Hirot tashrifi

Chakki bosilgan qadamlar
Eʼtiqod va qadr
Mehr-oqibat rishtalari
Sohibqiron qoʻli, deb
Ona diydori
Xonadonga sadoqat
Manglaydagi ajinlar
Gavharshod ogʻo va boshqalar
Tuproqqa toʻkilgan maylar
Aniq qilinmagan valiahdlik
Oxirlayotgan va boshlanayotgan yoʻl
Xalqchillik siyosati
Mangulik va manfurlik qissasi
Zaruriy gaplar yoxud xotima

Тавсия ёзиш

Изоҳ: HTML is not translated!
Ёмон Яхши
«Amir Temur sulolasi»
46 000 сўм
  • Stock: Мавжуд
  • Код: 1683
  • Вазни: 0.56кг
  • ISBN: 9789943273283
Сотилган сони: 6
Кўрилган сони: 24811
Сайтимиз ишлашини яхшилаш учун биз cookie-файллардан ва шунга ўхшаш бошқа технологиялардан фойдаланамиз. Талаб ва шартлар.