Menu
Your Cart

«Maktabga tayyorgarlikning katta kitobi»

«Maktabga tayyorgarlikning katta kitobi»
йўқ

«Maktabga tayyorgarlikning katta kitobi»

Hurmatli ota-onalar va o’qituvchilar!
   Ushbu kitob maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar uchun maxsus tayyorlangan. Reja asosida turli xil boy materiallar bolani maktabga samarali tayyorlashga imkoniyat yaratadi. Bola sanash, o’qish va yozish malakalarini egallaydi. Kuzatish taqqoslash eslab qolishni, mulohazani o’rganadi, tafakkur va tasavvuri shakillanadi.
   «Maktabga tayyorgarlikning katta kitobi» 11 bo’limdan iborat: «O’qish», «Diqqat va xotirani rivojlantirish», «Matematika», «Nutqni rivojlantirish», «Tafakkurni rivojlantirish», «Atrofimizdagi olam», «Qo’lni yozishga o’rgatamiz», «Odob-axloq qoidalari», «Ertaklar», «Hamma narsani bilishni hohlayman», «Test» kabilar. Bola bir xillikdan charchamasligi uchun bo’limlar bir-biri bilan almashtirib joylashtirilgan. Bola bir vazifadan boshqa vazifaga o’tishi mumkin. Bola o’tilga materialni o’zlashtirganligini tekshirish uchun har bir bo’limdagi ma’lumotlardan so’ng har xil mavzular bo’yicha test vazifalar berilgan. Kitobdagi mashg’ulotlar kattalar bilan bolaning hamkorlikdagi ishini nazarda tutadi. Yangi mavzuni o’rgangandan so’ng vazifalar mustahkamlashga doir mashqlar bajaring. Bolaga vazifani tushuntiring. Unga o’ylashga va fikrini tahlil qilishga vaqt bering. Mashqlarni bajarishda qiyinchilik bo’lsa, bolaga yordamchi savollar bilan murojaat eting. Bola uchun o’zingiz javob bermang. Har bir mashg’ulotning muddati 20-30 daqiqadan oshmasligi kerak.
   Bolani sabr bilan faol o’qitishda ishtirok etib, siz albatta yaxshi natijalarga erishasiz. Bolangiz maktabga tayyor bo’lib, kelajakda o’qishga qiziqishi ortadi.

Kitob haqida qisqa so’z
   Bolangiz hademay maktabga boradimi? Biz Sizni chin ko’ngildan tabriklaymiz va umid qilamizki, bu kitob bolangizni reja asosida maktabga tayyorlashga va uning maktabda muvaffaqiyatli o’qib ketishida yordam beradi.
   Kitobdagi turli xil materiallar bolani ko’pgina qiziq malumotlarni bilishga va maktabga tayyorlashga yordam beradi. Bola sanash va yozishni, o’qish va gapirib berishni o’rganadi. Bolada atrofdagi tasavvurlar shakllantiradi va dunyo qarashi kengaytiraladi. Qo’llanmada diqqat, ko’rish qobiliyati va mantiqiy tafakkurni rivojlantirishga doir vazifalarga katta o’rin ajratilga. Unda bolalar yaxshi ko’radigan hamma narsa: she’rlar, ertaklar va topishmoqlar bor.

Kitob 5-6 yoshli bolalar uchun mo’ljallangan. 

Muallif: S. Gavrina, N. Kulyavina, I. Toporkova, S. Sherbinina
Nomi: «Maktabga tayyorgarlikning katta kitobi»
Nashriyot: «DAVR» Nashriyoti
Sana: 2012
Hajmi: 160 bet
ISBN: 978-9943-401-67-7
O‘lchami: 70×100/8

 

Тавсия ёзиш

Изоҳ: HTML is not translated!
Ёмон Яхши
«Maktabga tayyorgarlikning katta kitobi»
12,000 сўм
  • Stock: йўқ
  • Код: 899
  • Вазни: 0.20кг
  • ISBN: 9789943401677
Сотилган сони: 1
Кўрилган сони: 23915
Сайтимиз ишлашини яхшилаш учун биз cookie-файллардан ва шунга ўхшаш бошқа технологиялардан фойдаланамиз. Талаб ва шартлар.