Menu
Your Cart

«Qayta tug'ilgan bola»‎

«Qayta tug'ilgan bola»‎
«Qayta tug'ilgan bola»‎
йўқ
«Qayta tug'ilgan bola»‎
«Qayta tug'ilgan bola»‎

«Qayta tug'ilgan bola»‎

     O'smirlik - inson hayotining eng murakkab, eng qaltis, eng nozik davridir. Bolalikdan balog'atga oʻtish bosqichi hisoblanmish bu davrda xarakter shakllanadi, kuchli his-tuyg'u, g'ayrat-shijoat jo'sh uradi; o'smir qalb hissiyotga berilib, mustaqil bo'lishga, o'z qiyofasini namoyon qilishga intiladi. Qator asarlari bilan o'quvchilar mehriga sazovor boʻlgan iqtidorli adib Abdusaid Ko'chimovning qo'lingizdagi kitobiga kiritilgan qissa va hikoyalarning barchasida aynan ana shu go'zal va sertashvish manzaralar o'smirlar ruhiy olamida sodir boʻlguvchi rivojlanish jarayonlari badiiy talqin qilinadi. Kitobni o'qir ekansiz, yuragida kuchli his-tuyg'u, g'ayrat-shijoat jo'sh urayotgan, inja xayollar og'ushida mustaqil bo'lishga, o'z so'zini aytishga intilayotgan ajoyib yigit-qizlarning rang-barang qiyofalari bilan tanishasiz. Yosh qahramonlarning hech qaysisi bir-biriga o'xshamaydi: biri ta'sirchan, biri serg'ayrat, tashabbuskor, mehribon, biri qo'rs, biri jizzaki, yana biri sal narsadan ranjuvchi nozik ta'b. O'z-o'zini xiyol anglab, qalbida sevgi-muhabbat hislari mavjlana boshlayotgan bunday yosh yuraklarning murakkab kechinmalari, o'zlariga sirdosh qidirishlari; ba'zi birlarining atrofdagilar e'tiborini jalb etish, kutilmagan ishlari bilan kattalarni hayratga solish va, hatto o'z yaqinlarini cho'chitib bo'lsa hamki, maqsadga erishish niyatidagi xatti-harakatlarini ko'rganda esa zavqingiz keladi, yonida boʻlgingiz, ko'mak, maslahat bergingiz, yo'l koʻrsatgingiz kelib ketadi. Har-xil nizolar, chorasizlik, yolg'izlik, o'zini kamsitilgandek his qilish, erkinlikning cheklanishi, kattalar va yoshlarning bir-birini tushunmasligi va, oxir-oqibat, o'smirning o'z oilasi, o'z jamoasidan uzoqlashishi, kamgap boʻlib, o'zining ichki botiniy dunyosiga tushib qolishi kabi murakkab holatlar ham yuksak mahorat bilan badiiy tahlil qilinadi.

Muallif: Abdusaid Ko'chimov‎
Nashriyot: «O'qituvchi» nashriyoti 
Sana: 2018-yil
Hajmi: 224 bet 
ISBN: 978-9943-22-285-4
O‘lchami: 84×108 1/32‎
Muqovasi: qattiq

Тавсия ёзиш

Изоҳ: HTML is not translated!
Ёмон Яхши
«Qayta tug'ilgan bola»‎
14,500 сўм
  • Stock: йўқ
  • Код: 3357
  • Вазни: 0.40кг
  • ISBN: 9789943222854
Сотилган сони: 2
Кўрилган сони: 4051
Сайтимиз ишлашини яхшилаш учун биз cookie-файллардан ва шунга ўхшаш бошқа технологиялардан фойдаланамиз. Талаб ва шартлар.