#kitobdan 

Koʻchada ham kitob mutolaa qilib yurardi 

Hofiz Zahabiy «Tazkiratul Huffoz» asarida Bagʻdod muarrixi va muhaddisi Xatib Bagʻdodiyning tarjimai holi haqida quyidagilarni yozgan: «Xatib yurib ketayotganida qoʻlida oʻqib ketayotgan juzi boʻlardi. Bu ishni vaqtini asrash va hatto yurish asnosida ham biror ilmiy manfaat olmasdan fursatning behuda oʻtib ketishidan saqlanish uchun qilardi». 

«2000 ta kitob yozganman»

Buyuk hofiz, muhaddis Ibn Rajab rahmatullohi alayh aytadilar: «O‘z qoʻlim bilan 2000 ta kitob yozganman». Hatto kuniga 9 ta kitob yozgan paytlari ham boʻlgan ekan. 

Amr Xolid aytadi: «Bular qandayin zotlar edi! Vaqtining qadrini bilgan mana shunday zotlar sababli ummat 1300 yil turdi. Oxirgi 100 yilning ummatlari nima boʻldi? Bu zamon ummatining dard-u gʻami uy qurish boʻldi...»

«Hammasi kitob haqida» kitobidan