«Qurʼon ilmlari» hamda «Islom shariatida meros ilmi» kitoblarining taqdimoti bo'lib o'tdi

Bugun «Hilol Nashr» nashriyotida fazilatli shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahulloh tomonlaridan taʼlif etilgan «Qurʼon ilmlari» hamda tarjima qilingan «Islom shariatida meros ilmi» asarlarining taqdimi boʻlib oʻtdi.

Tadbirda Zohidjon domla boshchiligidagi ahli ilm ustozlarimiz hamda maʼrifiy soha mutaxassislari tashrif buyurishdi. Tadbirda shayx Zohijon domla Qodirov «Islom shariatida meros ilmi» hamda «Qurʼon ilmlari» kitoblari haqida maʼlumot berdilar.

Taqdimotning aziz mehmoni, Tojikistonning sobiq muftiysi va diniy arbobi, ustoz, shayx Hoji Akbarjon Toʻrajonzoda ham ushbu taqdimoti bo'layotkan kitoblar haqida, shayx hazratlari bilan bo'lgan xotiralari haqida suhbat qilib berdilar.

Taqdimot so'ngida Qurʼoni Karim tilovati qilinib, xayrli duolar qilindi.