Turkiyadagi vatandoshlarimizga Ramazon tuhfasi: Turkiyada «Hilol-Nashr» markazi ishga tushdi!


   Azizlar, Turkiyaning Istanbul shahrida «Hilol-Nashr» nashriyotining Turkiyadagi markazi ishga tushdi. Bu markaz shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining ilmiy merosini Turkiyada yashovchi vatandoshlarimizga va barcha musulmonlarga yetkazish maqsadida tashkil qilindi. Kelgusida markazda shayx hazratlarining kitoblarini turk tilida chop qilish ham rejalashtirilgan.

   Hozirda markazga 35 mingga yaqin kitob yetkazib berilgan boʻlib, ularning orasida shayx hazratlarining hamda boshqa mualliflarning 130 dan ortiq asarlari bor. Endi ushbu markaz orqali quyidagi kitoblarni (hilol.com.tr) deyarli Toshkentdagi narxlarda xarid qilishingiz mumkin.

   Hilol.com.tr saytiga kirib, markaz haqida, u yerda sotilayotgan kitoblar haqida maʼlumot olish hamda ularni onlayn xarid qilishingiz mumkin. 

Turkiyadagi Hilol-nashr markazimiz Istanbul shahrida, Fatih, Ali Qushchi mahallasi, Darushshafaka koʻchasida, Fotih masjidi yonida joylashgan.
Telefonlar:
+905070782777
+905070722777
+902125328600

Ish vaqti: Har kuni 09.00 dan 20.00 gacha

Vebsahifa: hilol.com.tr

Telegram manzili: @hilolturkiya