Menu
Your Cart

«Suv ostiga sayohat»

«Suv ostiga sayohat»
«Suv ostiga sayohat»
(Mening birinchi ensiklopediyam)

Ilm ummoni cheksiz bir olamdir. Unda tabiatning turfa xil mo'jizalari o'z sir-asrorlarini bizdan yashirin saqlamoqda. Biz ularni o'rganganimiz sari yangidan-yangi sir-sinoatlarga duch kelaveramiz. Zero, ilm tuganmas xazinadir. Qo'lingizdagi ushbu kitob suvosti olamining turfa ajoyibotlarini sizga qiziqarli tarzda hikoya qiladi. Siz unda eng mitti baliqlardan tortib bahaybat kitlargacha bo'lgan har xil mavjudotlarning yashash tarzi, o'ziga xos jihatlari, ko'payish yo'llari haqidagi ma'lumotlar bilan tanishasiz. Ehtimol, xayolingizda baliqlar olamini o'rganish fikri jonlangandir. Biroz shoshmang, kichik do'stim. Hozir suv ostiga xos barcha bilimlarni to'liq va puxta egallang. Zero, baliqlar ichida "dengiz hukmdorlari" nomini olgan shunday mavjudotlar borki, ular inson hayoti uchun ham jiddiygina xavf soladi. Siz baliq turlarini bir-biridan ajratib, ularni yaxshigina tanib oling. Bu kelajakda yetuk g'avvos bo'lib yetishishingizda katta yordam beradi. Kitob so'ngida suv dunyosining kichik boʻlagi boʻlgan akvarium va okean- ariumlar haqida ham qiziq ma'lumotlarni bilib olasiz. Unda dunyoning eng ajoyib akvariumlari deb tan olingan okeanariumlar haqida so'z boradi. Har bir ma'lumot rangli tasvirlar asosida yanada aniqroq tushuntiriladi. Tasvirlarda suvosti olamining jonli hayotini ko'rishingiz mumkin. Ushbu kitobdagi har bir ma'lumot, tasvir sizning baliqlar haqidagi bilimingizni o'stirish uchun xizmat qiladi. Ularni o'rganish barobarida uyingizda kichkina akvariumchada suv olamining kichik muhiti yaratishingiz mumkin.


Nashriyot: «O'zbekiston milliy ensiklopediyasi»
Sana: 2019-yil
Hajmi: 80 bet
ISBN: 978-9943-07-708-9
Bichimi: 84×108 1/16
Muqovasi: yumshoq

Write a review

Note: HTML is not translated!
Bad Good
«Suv ostiga sayohat»
16,500 сўм
  • Stock: In Stock
  • Code: 3351
  • Weight: 0.25kg
  • ISBN: 9789943077089
Product sold: 1
Product Views: 2080
We use cookies and other similar technologies to improve your browsing experience and the functionality of our site. Privacy Policy.