Menu
Your Cart

«O`nta negr bolasi»

«O`nta negr bolasi»
йўқ

«O`nta negr bolasi»

Agata Kristi nomini alohida tanishtirishga hojat yo‘q. Adabiyot ahli tomonidan haqli ravishda detektiv janrining yetakchilaridan biri sifatida tan olingan. Uning mazkur asarida ham kitobxon sirli va qiziqarli olamga sayohat qilishi muqarrar. Muallifning o‘zi aynan shu asarini eng yaxshisi deya eʼtirof etgani ham bejiz emas. Ushbu asarda bir- biriga hech qanday aloqador bo‘lmagan o‘nta odam xilvat oroldagi uyga keladi. Sirli taklifnoma bilan ularni bu yerga kim chaqirdi? Yaxshi detektiv ixlosmandlarining yuragi darrov shuv etib ketadigan manzara. Dunyodan ajrab qolgan bo‘m- bo‘sh orol, ko‘p xonali, zimiston yo‘lakli katta sirli uy va Zanjilar orolining sohibi taklifiga ko‘ra uyga kelgan o‘nta mutlaqo notanish, bir- biriga o‘xshamagan o‘nta odam. Bu yerda ularni qulay shart- sharoitlar, mazali taom va shinam yotoqxonalar kutib turibdi. Lekin havas qilgudek mehmondo‘stlik tez orada sarobga aylanib, mehmonlar savdoyi qotil qurgan tuzoqqa tushib qolgani maʼlum bo‘ladi. Ular orolning toshloq zaminiga qadam qo‘ygan zahoti tuzoq yopilgan. Oroldan qochishning iloji yo‘q. Barchani shubha- gumon chulg‘ab olgan. Chehralarda ajal soyasi. Qo‘rquv va dahshat. Faqatgina bolalar sanoq sheʼri va mitti negr bolalari tugashi bilan bu dahshatli o‘yinga ham xotima yasaladi. Biroq nega? Ularni birin- ketin eng g‘ayrioddiy yo‘llar bilan o‘ldirish kimga kerak? Nima uchun sodir bo‘layotgan voqealarning bari quvnoq bolalar sheʼri bilan chambarchas bog‘liq? Nahotki bu jumboqning yechimi topilmasa, nahotki hammasi o‘limga mahkum bo‘lsa? Lekin nima uchun? Ular rostdan ham aybdormi?


Muallif: Agata Kristi
Tarjimon: Hasanboy Teshaboyev 
Nashriyot: «Yangi asr avlodi»
Hajmi: 222 bet
Sana: 2020-yil
O'lchami: 84×108 1/32
ISBN: 978-9943-27-681-9
Muqovasi: qattiq

Тавсия ёзиш

Изоҳ: HTML is not translated!
Ёмон Яхши
«O`nta negr bolasi»
21,000 сўм
  • Stock: йўқ
  • Код: 2847
  • Вазни: 0.23кг
  • ISBN: 9789943276819
Сотилган сони: 5
Кўрилган сони: 6370
Сайтимиз ишлашини яхшилаш учун биз cookie-файллардан ва шунга ўхшаш бошқа технологиялардан фойдаланамиз. Талаб ва шартлар.