Menu
Your Cart

«Raqamlar uchun yaralgan idrok»

«Raqamlar uchun yaralgan idrok»
йўқ

«Raqamlar uchun yaralgan idrok»

Barbara Ouklining "Raqamlar uchun yaralgan idrok" kitobida aniq va tabiiy fanlarni o'rganishning samarali usullari keltirilgan. Turli hiylalar, masala yechish, tahlil va yodlashning odatiy usullari bizga qoʻl kelishi hamda fanlarga qiziqishimizni oshirishi shubhasiz. Kitobni o'qib, biz miyamizdagi neyronlar tarmogʻining chinakam egasi boʻlishga o'rganamiz, shuningdek, miya ikkita rejimda ishlashi, chalg'ib turish foydalari hamda tasavvur kuchi haqida bilib olamiz. 


Muallif: Barbara Oukli
Tarjimon: Sarvinoz Qosimova
Nashriyot: «Asaxiy Books»
Sana: 2023
Hajmi: 352 bet‎
ISBN: 978-9943-23-226-6
O'lcham: 84×108 1/32‎  ‎
Muqovasi: yumshoq


Qadrli o'quvchi!

Inson yaralibdiki, tevarak olamga katta qiziqish bilan boqadi. Yagona ongli mavjudot o'laroq, asrlar davomida ohori to'kilmagan haqiqatlarni anglashga urinish barobarida olamning naqadar aniq qurilganligini idrok etadi. aniqlikni his qilish, u haqdagi bilimlarni egallashga intilish mobaynida inson matematika bilan uzviy bog'liqlikda yashashini tushuna boshladi. Qimmatli e'tiboringizga taqdim etilayotgan kitob miyaning matematik faoliyati, kundalik hayotdagi muammolarning oson yechimi, noqulay vaziyatlardan oqilona chiqish yo'llari, bilim olishda zehnning o'rni va yangi bilimlarni egallash, o'zingizdagi ma'naviy resurslarni mus- tahkamlashning eng samarali usullari haqida siz bilan soʻzlashadi. Ushbu kitob mutolaa to'g'risidagi tushunchangizni tubdan o'zgartirishiga, bilimlarni amalda qo'llashning dunyo olimlari sinovidan o'tgan usullarini baham ko'rishiga shubha qilmaymiz. Biz - Xalq banki jamoasi, insonlarga nafaqat moliyaviy xizmatlar taklif qilish, balki jamiyat taraqqiyotining negizi bo'lgan kitobxonlikni yanada keng targ'ib qilishdek sharafli ishda hamkor bo'lib, mazkur kitobni o'zbek tilida o'qishingizga o'z hissamizni qo'shganimizdan mamnunmiz. Maroqli mutolaa tilaymiz!

Samimiyat bilan, Xalq banki


Mundarija

So'zboshi
Kirish
O'quvchiga eslatma
Eshikni oching
Hamma gap yengillikda: Juda qattiq urinmang
O'rganish bu – yaratish: Tomas Edisonning tovasi
Axborotni tartiblash va kamtarlik: Tenglamalarni jilovlash siri
Sustkashlikning oldini olish: Odatlar ("Zombilar") yordami
Hamma yerda zombilar: Sustkashlik sababini tushunish
Axborotni ajratish yoki bo'g'ilish: Professionallik va xotirjamlik vosita, tavsiya va hiylalar
Sustkashlik zombisi. So'nggi qism
Xotirani kuchaytirish
Xotira boʻyicha qo'shimcha maslahatlar
Iste'dodingizni qadrlashni oʻrganing
O'z miyangizga shakl bering
Tasavvur va tenglamali she'rlar
Uyg'onish davriga xos o'rganish
O'zingizga ortiqcha ishonib yubormang: Jamoa bilan ishlash kuchi
Imtihon topshirish
Salohiyatingizni yuzaga chiqaring
So'ngso'z
Tashakkurnoma
Foydalanilgan adabiyotlar
Izohlar

Тавсия ёзиш

Изоҳ: HTML is not translated!
Ёмон Яхши
«Raqamlar uchun yaralgan idrok»
44,500 сўм
  • Stock: йўқ
  • Код: 4293
  • Вазни: 0.40кг
  • ISBN: 9789943232266
Сотилган сони: 8
Кўрилган сони: 5094
Сайтимиз ишлашини яхшилаш учун биз cookie-файллардан ва шунга ўхшаш бошқа технологиялардан фойдаланамиз. Талаб ва шартлар.