Menu
Your Cart

«Al-Muallim» (arab alifbosi)

«Al-Muallim» (arab alifbosi)

«Al-Muallim» (alifbo)

SOʻZBOSHI
Asrlardan beri oʻrganilib kelinadigan arab alifbosi bugungi kunda ham yuksak ahamiyatga ega. Ayniqsa, mazkur alifboni o'rganish mustaqillikning ilk yillarida yanada avj oldi. Hozirgi kunimizgacha arab alifbosiga doir koʻplab qoʻllanmalar chop etildi. Shulardan, Ahmad Hodiy Maqsudiy tarafidan tuzilgan "Muallimi soniy" risolasining o'rni beqiyosdir. Mamlakatimizda ushbu risola asosida koʻplab kitoblar nashr qilindi. Unga qoʻshimcha ma'lumotlar, toʻldirishlar va izohlar berilib, yanada boyitildi. Qo'lingizdagi qoʻllanmaning dunyoga kelishida ham, aynan mazkur "Muallimi soniy” kitobi turtki boʻldi. Ushbu risolaga juz'iy qo'shimchalar kiritib, uni "Al-Muallim" deb nomladik. Bunday nomni qoʻyishimizdan maqsad, alifboni o'rgatish mahoratli mutaxassis va yetuk iste'dod sohiblari, ya'ni muallimlar zimmasiga havola etilganligi bilan bog'liq. Zero, Yangi O'zbekiston murabbiylarining bu boradagi tajribalari va arab alifbosini oʻrganish yoʻlida jidd-u jahd qilgan barcha talabgorlarning intilishlari barchamizga ayondir. Shuni ta'kidlash joizki, ilmiy jamoamiz tomonidan mazkur risolaga oʻzgacha yondashdik, ya'ni kitobga ayrim oʻzgartirishlar kiritgan holda, uning asl holini tiklash asosiy maqsad qilib olindi. Shuning bilan birga, o'rganilayotgan harfga alohida e'tibor berilib, ular maxsus kataklar ichida koʻrsatildi va harakatlar uchun ham alohida rang berildi. Alifboga doir ba'zi bir qoidalar qisqacha qilib tushuntirildi. Shunigdek, fonetikaga taalluqli qoidalar ham kitob so'ngida muxtasar qilib berilgan. O'rganuvchilarga yanada qiziqarli bo'lishi uchun sanoq sonlar, olmoshlar va hafta kunlari haqida ham ma'lumot berilgan. Kitob so'ngida esa qo'shimcha mashqlar yordamida mutolaani yaxshilash uchun joy ajratilgan. Risola bilan tanishar ekansiz, uning xalqchil va dolzarb uslubi, ifodalarning soddaligiga guvoh boʻlasiz.

Tuzuvchi:
 Sardorxon Jahongir
Nashriyot: «Turon-Ilm-fan» nashriyot-matbaasi
Sana: 2023-yil
Hajmi: 05 bet
O‘lchami: 60x84 1/8
ISBN: 978-9943-8567-2-1
Muqovasi: yumshoq

Тавсия ёзиш

Изоҳ: HTML is not translated!
Ёмон Яхши
«Al-Muallim» (arab alifbosi)
13 500 сўм
  • Stock: Мавжуд
  • Код: 4299
  • Вазни: 0.20кг
  • ISBN: 9789943856721
Сотилган сони: 130
Кўрилган сони: 9334
Сайтимиз ишлашини яхшилаш учун биз cookie-файллардан ва шунга ўхшаш бошқа технологиялардан фойдаланамиз. Талаб ва шартлар.