«Mehrobdan chayon» Abdulla Qodiriy

Янги «Mehrobdan chayon» Abdulla Qodiriy

Mehrobdan chayon: roman

 RO'MONNING MAVZUSI TO'G'RISIDA

 Turkiston feodallarining keyingi vakili bo'lg'an Xudoyorning o'z xohishi yo'lida dehqon ommasi va mayda hunarmand - kosib sinfini qurbon qilishi, mamlakat xotin-qizlarini istagancha tasarruf etishi, bunga qarshi kelguchilar tilasa kim bo'lmasin, rahmsiz jazo berishi ro'monning mavzuidir. Xudoyorning bu yo'ldag'i birinchi istinodgohi bo'lg'an ulamolar, ularning ichki-tashqi ahvoli, axloqi, Madrasa va oila hayoti, ulamoda insoniy his bitkanligi va qolg'ani ham xabosat pardasi ostida sezilmas darajaga yetkanlini mundarija sig'dirg'an qadar bayon qilinadir. Bular ro'monning nomarg'ub - manfiy qahramonlari. Ikkinchi tarafda mazkur qora kuchlarga qarshi «tuban» sinf - kambag'allar, ularning xonliq tuzilishiga, qora kuch - ulamo alayhigachiqishi. Mehnatkash kambag'allarning axloqi, sajiyasi, oilasi, turmishi va bir-biriga aloqasi, samimiyati.

Albatta, men bu so'ngg'i marg'ub qahramonlarni o'zbek tarixining hazmi ko'targan qadar o'z holicha olishqa tirishdim. Ularning xon va ulamoga qarshi isyoni tabi'iy – shar'iydir. Chunki shundan ortig'i soxta bo'lishi ustiga kitobning qadrini ham tushurar edi. Shu ikki sinfkurashini tasvir qilish vositasida xon harami, xotinlari, qirq qizlar, tarixiy vaetno'g'rafiy lavhalar, o'zbek hayoti, qiziqchilig'i, tanqidchilig'i, o'zbek xotin-qizlari orasidag'Iiste'dod, shoirlar, azkiyachilik va boshqa yana ko'bnuqtalarni qamrab olindi.

Ro'monda yana bundan boshqa bir ko'b jihatlar bor. Ularni bu yerda sanab o'lturish hojat emas,ular muhtaram o'qug'uchining nazaridan qochib qutilmas.

Abdulla Qodiriy (Julqunboy)

Toshkand, 1928 nchi yil, 5 fevral

Muallif: Abdulla Qodiriy
Nomi: «Mehrobdan chayon»
Nashriyot: «SHARQ»
Sana: 2018-yil
Hajmi: 288 bet
ISBN: 978-9943-26-778-7
O'lchami: 84x108 1/32
Muqovasi: qattiq

Тавсия ёзиш

Изоҳ: HTML is not translated!
    Ёмон           Яхши

  • Кўрганлар сони: 18441
  • Маҳсулот коди: KB051
  • Сотувда: Мавжуд
5 дона онлайн сотилган
  • 16,000 сўм