Menu
Your Cart

«Muallimi soniy» (Yangicha tahrirda va tajvid qoidalari bilan)

«Muallimi soniy» (Yangicha tahrirda va tajvid qoidalari bilan)

«Muallimi soniy»
(Yangicha tahrirda va tajvid qoidalari bilan)

Barcha olamlarni yaratgan Alloh taologa beadad hamdu sano, olamlarga rahmat qilib yuborilgan Muhammad Mustafoga (sollallohu alayhi vasallam) durudu salavotlar boʻlsin.

Mazkur moʻjaz risola uzoq yillar davomida Qurʼoni karimni oʻrganish uchun xizmat qilayotgan asarlardan biridir. Uning sodda va oʻzlashtirishga osonligi sababli hozirgacha juda koʻp musulmon oʻlkalarida talabalar undan taʼlim olib kelmoqdalar. Bizning diyorimizda ham mazkur qoʻllanma qayta-qayta nashr qilindi. Natijada asl nusxadan koʻchirilgan nusxalar tobora xiralashib, harflari va harakatlari chalkashib bordi. Mana shuni eʼtiborga olib, qoʻllanmaning matnlari qayta terib chiqildi, bugungi kunning talabi asosida juzʼiy oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar ham kiritilib, qayta nashrga tayyorlandi. Qoʻshimcha tarzda tajvid qoidalari ham kiritildi. Shuningdek, oʻquvchiga yanada qulay boʻlishini koʻzlab, oyatlarda koʻp takror keladigan mad, isteʼlo, idgʻom, ixfo va qalqala kabi tajvid qoidalari maxsus ranglar bilan ajratib yozildi.

Umid qilamizki, qulayliklar yaratish maqsadida tayyorlangan ushbu qoʻllanma Qurʼoni karimni toʻgʻri oʻqishni oʻrganishda katta xizmat qiladi.

Alloh taolo mazkur qoʻllanmani barcha uchun xayrli va manfaatli qilsin.


Abdulhakim qori Matqulov

«Koʻkaldosh» oʻrta-maxsus islom bilim yurti mudiri
Turon fanlar akademiyasi akademigi.


Muallif: Abdulhakim qori Komiljon oʻgʻli
Nashriyot: «Oltin kitob» nashriyoti
Sana: 2024
Hajmi: 84 bet
Bichimi: 60×84 1/16
ISBN: 978-9910-9304-3-0
Muqovasi: yumshoq

O'zbekiston Respublikasi Din ishlari bo'yichа qo'mitaning 2024 yil 04 apreldagi Nº 03-07/1859-sonli tavsiyasi asosida nashr etildi.

Тавсия ёзиш

Изоҳ: HTML is not translated!
Ёмон Яхши
«Muallimi soniy» (Yangicha tahrirda va tajvid qoidalari bilan)
28 000 сўм
  • Stock: Мавжуд
  • Код: 4867
  • Вазни: 0.20кг
  • ISBN: 9789910930430
Сотилган сони: 3
Кўрилган сони: 1574
Сайтимиз ишлашини яхшилаш учун биз cookie-файллардан ва шунга ўхшаш бошқа технологиялардан фойдаланамиз. Талаб ва шартлар.